Jizzax shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

0
2110

Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari ishtirokida Jizzax shahrida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 300 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.

Mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokurori adliya polkovnigi Botir Qudratxoʻjayev hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar mansabdor shaxslari ishtirokida o‘tkazilgan qabul ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tdi. Muammolar chuqur o‘rganilib, tahlil qilindi. Har bir murojaat imkon darajasida joyida hal qilinib, zarur hollarda huquqiy ko‘mak berildi.

Muloqotlar davomida 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, ularning aksariyati joyida hal qilindi. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi 3 nafar harbiy xizmatchining turmush o‘rtoqlariga belgilangan tartibda subsidiyalar ajratilishi ta’minlandi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, o‘rganish va muddat talab etiladiganlari nazoratga olingan holda mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

Sayyor qabul davomida xayriya tadbirlari ham amalga oshirildi.  

Mudofaa vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departament

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting