Munosiblar e’tirof etildi

0
1921

Har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Front orti taʼminoti mutaxassislari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan Toshkent harbiy okrugiga tasarrufidagi Qibray tumanida joylashgan harbiy qismda ham tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda yig‘ilganlarga mudofaa vazirining tabrigi oʻqib eshittirilib, sohada samarali mehnat qilayotganlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, ushbu harbiy qismda xizmat qilayotgan, oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida safdoshlariga oʻrnak boʻlgan bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari koʻkrak nishonlari hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shu kuni harbiy qism hovlisida “Eng ilgʻor oshpaz” musobaqasi ham tashkil etilib, unda ishtirokchilar qiziqishlariga koʻra milliy taomlarimizni pishirish boʻyicha bahsga kirishdi. Albatta, bellashuv xolis va shafofligini taʼminlash maqsadida masʼullar tomonidan nazorat qilib borildi va baholandi. Tashkil etilgan bayram dasturxoni koʻngillar yaqinligi va obodligiga hissa qoʻshdi.

Olimjon Sodirjonov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting