“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

0
1691

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yoʻlida hamkorlik” markazida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida badiiy tadbir oʻtkazildi.

Markaz boshligʻi polkovnik Baxtiyor Dusniyazov Oʻzbekistonning mustaqillik davrida erishgan ulkan yutuqlari haqidagi nutqi bilan tadbirni ochib berdi. Unda “Sharqiy tillar” kafedrasi urdu va dariy tillari guruhi tinglovchilari oʻz chiqishlari bilan oʻrganilayotgan tillarini yaxshi oʻzlashtirganliklarini namoyon etishdi. Kafedra harbiy xizmatchilari ushbu tillarda nafaqat erkin muloqot qila olishlari, balki oʻrganilayotgan til davlatlarining tarixi, madaniyati, sanʼat va adabiyotini puxta egallaganliklarini isbotlashdi.

—Harbiy xizmatchilarning intensiv kurs mashgʻulotlarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal egallashlarida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, eng soʻnggi rusumdagi lingvistik jihozlar hamda oʻqituvchilarning metodik mahoratining ahamiyati katta. Ishtirokchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladigan bu kabi tadbirlar boshqa xorijiy tillar tinglovchilari tomonidan ham oʻtkaziladi, — deydi Sharqiy tillar kafedrasi boshligʻi podpolkovnik Farhod Avazov.

Qoʻshiq, raqs va sheʼrlar barcha qatnashchilarga manzur boʻldi. Ayniqsa, xorijiy tillarda yangragan Vatan va mustaqillik haqidagi qoʻshiqlar harbiy xizmatchilar va mehmonlarni yanada jonlantirdi. Yakunda faol qatnashchilar Markaz boshligʻining faxriy yorligʻi va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting