Front orti taʼminoti mutaxassislari kuni munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi

0
1818

Mudofaa vazirligida Front orti taʼminoti mutaxassislari kuni munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Mudofaa vazirining 2015-yil 2-maydagi buyrugʻiga asosan, har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “Front orti taʼminoti mutaxassislari kuni” sifatida nishonlanadi. Bayramona tadbirda qoʻshinlarning moddiy-texnik taʼminoti tizimida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh soha mutaxassislari qimmatbaho va esdalik sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

—Qoʻshinlarning moddiy-texnik taʼminotga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida va sifatli qanoatlantirish, yurtimizda sodir boʻlgan texnogen halokatlarning oqibatini bartaraf etish, harbiy xizmatchilarimizni zarur vositalar bilan taʼminlash yoʻlida qilinayotgan ishlar bu tarmoqni muhim boʻgʻin sifatida eʼtirof etishga arziydi, – deydi podpolkovnik Ulug’bek Tangriyev. —Front orti taʼminoti shaxsiy tarkibining koʻp yillik tajribasidan kelib chiqib, oʻz ustimizda ishlashimiz, har qanday vaziyatda mustahkam irodani koʻrsatgan holda xizmat vazifalarimizni aʼlo darajada bajarishimiz lozim.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting