Yosh leytenantlar bilimlari mustahkamlanmoqda

0
2451

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida 2023-yilda oliy harbiy bilim yurtlarini bitirib, okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat boshlagan leytenantlar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtmoqda.

Ishtirokchilarining bilim darajalarini tekshirish, ularga oʻz lavozimlari boʻyicha majburiyatlarini oʻrgatish hamda koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan yigʻin rejasiga asosan kun davomida turli mashgʻulotlar oʻtkazib borilyapti.

Ertalabki badantarbiya hamda sport ishlarini tashkillashtirish va oʻtkazish uslubiyoti davomida jismoniy komillikni shakllantirish sirlari oʻrgatilsa, otish tayyorgarligi, qoʻshinlarda jangovar xizmat va tayyorgarlikni tashkil etish, dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha berilayotgan bilimlar intellektual salohiyatga ega boʻlishlari uchun xizmat qilmoqda.

Mudofaa vazirligida anʼanaga aylangan mazkur tadbir malakali harbiy ustozlar koʻmagida yosh ofitserlarning oʻz xizmat vazifalariga sidqidildan yondashish, berilgan har qanday vazifani oʻziga ishonch bilan ado etish kabi koʻnikmalarini sayqallashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting