Sariosiyo tumani aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi

0
1216

Mudofaa va Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan respublikamizning turli hududlarida aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida sayyor tibbiy koʻriklar muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining olis “Shirin” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun boʻlib oʻtdi.

Mazkur xayrli tadbirlar davomida tumandagi 64-sonli oilaviy poliklinikada mahalla fuqarolari Termiz harbiy gospitali shifokorlari qabulida boʻldilar.

Bolalar shifokori, UZI va terapevt mutaxassisi, akusher-ginekolog hamda nevropotolog kabi soha xodimlari nazoratidan oʻtgan jami 120 nafar kishining 40 nafariga ambulator, 7 nafariga shifoxonada davolanish tavsiya etildi.

Albatta, oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar aholiga koʻmak beribgina qolmay, turli ovoragarchiliklarning oldini olayotgani bilan ham ahamiyatga ega.

Shuningdek, Sariosiyo tumanida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari ham boʻlib oʻtmoqda. Viloyat markazidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan “Shohqishloq” mahallasida tashkil etilgan tadbir ushbu hududda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz kayfiyatini yuqori darajaga koʻtardi desak mubolagʻa boʻlmaymiz.

Bayram dasturi davomida harbiy orkestr, faxriy qorovul chiqishlari va xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan Vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga birdek yuqori kayfiyat ulashgan boʻlsa, namoyish etilgan film ularda ona yurtga boʻlgan sadoqatini yanada oshirdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting