Kursantlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida

0
1165

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari tarkibi bilan Respublika harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Sherzod Hayitov ishtirokida “Harbiy xizmatchilarning sodir etilgan huquqbuzarliklari uchun javobgarligi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbati davomida kursantlarga Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida 2023-yilning oʻtgan olti oyi davomida yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar, yoʻl transport hodisalari, ularni kelib chiqish sabablari va aybdorlarga koʻrilgan choralar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, yigʻilganlarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. 

Taʻkidlash kerakki, bu kabi tadbirlar kursantlarning huquqiy savodxonligi oshirishga xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting