Termizda havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari dala chiqishida qatnashmoqda

0
1917

Oʻquv yiliga rejasiga asosan “Termiz” poligonida Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug va DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonliklarining Surxondaryo viloyatida joylashgan quruqlikdagi qoʻshinlar havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari bilan dala chiqishlari amalga oshirilmoqda.

Mashgʻulotlar davomida boʻlinmalarning jipsligi, jangovar tayyorgarligi hamda har qanday vaziyatda yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyati nazoratdan oʻtkazilyapti. O‘zaro bellashuv shaklida oʻtkazilgan mashgʻulotlar soha mutaxassislarining nazariy va amaliy bilimlari ortishida, yosh harbiy xizmatchilarning koʻnikmasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boʻlinmalarning birdamlikda harakat qilishga, kuchli emotsional va stress holatlarda vazifalarini bajarishga oʻrgatish, kasbiy malaka va mahoratini yuksaltirishga xizmat qilayotgan dala chiqishi davomida ularning jangovar ruhi va axloqiy-ruhiy fazilatlarini mustahkamlashga eʼtibor qaratilmoqda.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting