Ofitserlarga sertifikatlar topshirildi

0
1983

Davlatimiz mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligi va xalq osoyishtaligini taʼminlashda mafkuraviy kurashning oʻrin juda muhim. Ijtimoiy tarmoqlarda aholi ongiga yot gʻoyalarni singdirish, diniy, madaniy hamda maʼrifiy merosimizga uyushtirilayotgan tajovuzlarga mafkuraviy immunitetni oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Internet va IT texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borar ekan mafkuraviy kurashning yangi-yangi sohalarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Har bir sohada boʻlgani kabi milliy armiyamiz safida ham ana shunday yot gʻoyalarga qarshi kurashning turli mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ulardan biri – ofitser kadrlarning diniy bilimini oshirish uchun tashkil qilish uchun doimiy oʻquv kurslaridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari har yili Xalqaro islom akademiyasida 10 kunlik oʻquv kurslarida olingan bilimlari orqali mustaqilligimizni asrash, har qanday tajovuzga qarshi kurashish, yurt himoyachisi nomini sharaf bilan oqlashni chuqur singdirish – Qurolli Kuchlarimizda yuqori jangovar shaylik, barqaror axloqiy-ruhiy holat hamda shaxsiy tarkibning uyushqoqligi taʼminlanib kelinmoqda. Bu yilgi 70 soatlik oʻquv kursida qatnashgan 40 nafar tinglovchiga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Oʻquv kursi yakunida harbiy xizmatchilar Akademiya tajribali professor oʻqituvchilarining mamlakatimiz tarixida roʻy bergan birinchi va ikkinchi Renessans davri va islom sivilizatsiyasining jahonda tutgan oʻrni mavzusidagi maʼruzalarini tingladilar. Shuningdek, Akademiya muzeyida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma asarlarning asl hamda koʻchirma nusxalari tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yakunida oʻquv kursi bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar bilan birgalikda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Asror Ro‘ziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamayenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting