“Forish” poligonida muhandis bo‘linmalarning ko‘nikmalari oshirilmoqda

0
1479

Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida okrug miqyosidagi muhandis-sapyor bo‘linmalari bilan 15 kunlik dala chiqishi o‘tkazilmoqda.

Ushbu jarayonlarda soha mutaxassislari bilan portlatish ishlari, muhandislik to‘siqlarni o‘rnatish va ulardan yo‘l ochish, fortifikatsiya va niqoblash, qo‘shinlarni suv bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rgazmali tarzda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Bundan tashqari, hozir vaqtda mintaqada ro‘y berayotgan barcha zamonaviy jang turlariga asoslangan holda muhandislik ta’minotini vazifalarini kunduzgi va tungi sharoitda sifatli bajarish bo‘yicha ko‘nikmalar oshirilyapti.

E’tiborli jihati, okrug qo‘shinlarida ushbu soha bo‘yicha xizmat qilishni boshlagan yangi yosh harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatchilar nazariy olgan bilimlarini amalda sinab, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting