Samarqandda harbiy texnikalarni yuklash va tushirishga mo‘ljallangan temiryo‘l platformasi foydalanishga topshirildi

0
1070

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonida Mudofaa vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda Maroqand temir yo‘l bekatida jangovar va harbiy texnikalarni yuklash va tushirish inoshooti bo‘lgan O‘zbekistondagi eng katta temir yo‘l platformasi barpo etildi.

Uning foydlanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlari, faxriylar, quruvchi va pudratchilar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov hamda “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi rahbari Alijon Ergashev kelgusida ushbu temir yo‘l bekati xalqaro musobaqlar uchun qulaylik yaratishi va qurolli kuchlarimizning favqulodda vaziyatlarga shayligini oshirishga xizmat qilishini takidlashdi.

Haqiqatda, Qurolli Kuchlarimiz oldiga qo‘yilgan kundalik va jangovar vazifalarni o‘z vaqtida va sifatili bajarishda qo‘shinlar bir hududdan boshqa hududga ko‘chirilishida, harbiy texnika, qurol-yarog‘ va moddiy texnik vositalarni tezkor tashish vazifalarini bajarishda temir yo‘l, havo yo‘llari va avtomobil transporti orqali harbiy tashish ishlari muhim ro‘l o‘ynaydi. 

Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan ushbu inshootni barpo etishda munosib hissa qo‘shgan pudratchi, quruvchi hamda harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik sifatida esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar tomonidan yig‘ilganlarga temir yo‘l vagonlariga harbiy texniklarni yuklash bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi. Ushbu poyezd vagonlari har qanday harbiy texnikalarni yuklash va tushirish imkoniyatlari yaratilishi bilan birga texnikalarning xavfsizligini ta’minlovchi harbiy xizmatchilar uchun ham munosib sharoitlar yaratilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati