Fargʻonada “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
927

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Fargʻona tuman Axborot-kutubxona markazi binosida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat boʻlinmasi aʼzolari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Yoshi ulugʻ otaxonlar hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

Harbiy orkestr jamoasining chiqishlari tadbir ishtirokchilariga manzur boʻlib, koʻtarinkilik ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting