Harbiy oilalar bandligi taʼminlanmoqda

0
1139

Fargʻona garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Fargʻona harbiy prokuraturasi hamda Fargʻona viloyati bandlik bosh boshqarmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiб shuningdek, boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada Fargʻona garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda harbiy xizmatni oʻtab kelayotgan harbiy xizmatchilarning ish bilan band boʻlmagan 100 nafardan ortiq oila aʼzolari ishtirok etdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida viloyatning 10 dan ortiq tashkilot, muassasa va korxonalari oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi. Yarmarka davomida ish bilan band boʻlmagan 10 nafar fuqaroga o‘zlarining mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting