Fargʻonada gʻoliblar munosib taqdirlandi

0
1675

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor ishgʻol guruhi” musobaqasida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilarni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov munosib taqdirladi.

Tadbirda soʻz olganlar harbiy xizmatchilarni ushbu musobaqada bor kuch va gʻayratlarini safarbar qilib gʻalaba qozonganini eʼtirof etdi. Kelgusi Mudofaa vazirligi hamda xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlari haqida iliq tilaklar bildirildi.

Shundan soʻng, okrug qoʻshinlari qoʻmondoni musobaqa gʻoliblariga faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi. Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuylari tadbirga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Eslatib oʻtamiz, “Eng ilgʻor ishgʻol guruhi” musobaqasiga “Forish” poligoni mezbonlik qilgan edi. Harbiy okruglardan jami 10 ta ishgʻol guruhi qatnashgan va Fargʻona garnizonidagi harbiy qism jamoasi gʻolib boʻlgandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting