Nukusda o‘quv-uslubiy yig‘in yakunlandi

0
1075

Bu yil oliy harbiy taʼlim muassasalarini tamomlab, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlariga kelgan yosh ofitserlar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin yakunlandi.

Nazariy mashgʻulotlar “Nukus” umumqoʻshin poligonida amaliy mashgʻulotlarga ulandi. Yosh leytenantlar u yerda jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarida ishtirok etib, oʻq otishdan amalda sinovlarni topshirdi.

Yigʻin soʻnggida barcha oʻtilgan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik fanlaridan nazorat sinovlari qabul qilindi.

Ayni vaqtda yigʻin yakuni boʻyicha yosh ofitserlar bilan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov suhbat oʻtkazmoqda. Suhbatda qoʻmondon yosh harbiy xizmatchilarga tezroq kasb sirlarini oʻrganib, sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishiga tilak bildirdi.

Yosh leytenantlarga koʻmak sifatida jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik fanlarini oʻzida mujassam etgan maʼlumotlar va har bir ofitser uchun dasturilamal boʻlib xizmat qilayotgan harbiy okrugda yaratilgan oʻquv-uslubiy toʻplamlar taqdim etildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting