Andijonda keng qamrovli vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
1018

“Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida Andijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, viloyat Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari ishtirokida Xo‘jaobod tumanida vatanparvarlik festivali tashkil etildi.

Festival doirasida dastlab markaziy koʻchalarda harbiy xizmatchilar va texnikalarning harbiy orkestr sadolari ostida yurishlari amalga oshirildi.

Markaziy oʻyingohda davom etgan bayram tadbirida harbiy orkestr jamoasining chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi koʻrinishlari, koʻrgazmali saf chiqishlari, qiziqarli sport musobaqalari namoyish etilib, taniqli xonandalar ijrosida turli kuy-qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. 

Shuningdek, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu vatanparvarlik festivallari chekka qishloq va ovullardagi yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting