Yosh ofitserlarning bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda

0
1238

Qurolli Kuchlarimizda kadrlar tayyorlashga va yosh ofitserlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ta’kidlash kerakki, Oliy harbiy bilim yurtlarini bitirgan ofitserlar bilan turli o‘quv-uslubiy yig‘inlar va mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilishi ularning, bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Shu boisdan joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalarini bitirib, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy qism va muassasalarga yangi lavozimlarga tayinlangan ofitserlar tarkibini safga qo‘yish, kundalik xizmat faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirishni o‘rgatish hamda qo‘shinlarda xizmat o‘tashning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida umumiy tushunchalar berish bo‘yicha o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quv-uslubiy yig‘inning dastlabki kunida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida qo‘mondon yosh ofitserlarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarni berish bilan bir qatorda, o‘z tajribasi va harbiylik hayoti davomida bosib o‘tgan yo‘llari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan suhbatda bugungi kunda harbiy xizmatchilarimiz xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari va ko‘rsatayotgan natijalari e’tirof etildi.

Yig‘inning keyingi jarayonlarida ishtirokchilar aloqa tayyorgarligi, parashyutlardan amaliy sakrash jarayonlaridan oldingi tayyorgalik mashg‘ulotlari, harbiy texnikalar haqida o‘tkazilgan darslarda ishtirok etdi.

O‘n kun davom etishi rejalashtirilgan mazkur o‘quv-uslubiy yig‘inda yosh ofitserlar bilan Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda va Farg‘ona dala o‘quv maydonida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting