Fargʻonada harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

0
2134

Fargʻona garnizoni Qoʻqon shahridagi harbiy qismi tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov ishtirok etib, barchani ushbu sana munosabati bilan tabrikladi.

Soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati gapirib, harbiy xizmatchilarning yurt tinchligi va xalqimiz osoyishta hayotini himoya qilishdagi faoliyati haqida maʼlumotlar berdi, sharafli burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning keyingi xizmat faoliyatlariga zafarlar tiladi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari, harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuylari tadbirga oʻzgacha fayz ulashdi.

Tantanali tadbir yakunida naʼmunali xizmati bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting