Fargʻonada okrug birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi

0
1081

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida boks bo‘yicha okrug birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirokchilar -52 kg, -62 kg, -67 kg, -73 kg, -80 kg, -88 kg, -97 kg hamda 97+ kilogrammdan yuqori vazn toifalarida bellashdi.

Musobaqa ochilish marosimida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari soʻzga chiqib, sportchilarga ushbu musobaqada omad va zafarlar tiladi.

Bellashuv jarayonlari murosasiz kechdi. Har bir ishtirokchi ringda bor kuch va gʻayratini ishga solib, birinchilik uchun kurashdi. 

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida 3-oʻrin Namangan garnizonidagi harbiy qism sportchilariga nasib etdi. 2-oʻringa Fargʻona garnizoni Qoʻqon shahridagi harbiy qism bokschilari egalik qilgan boʻlsa, faxrli 1-oʻrinni Fargʻona shahridagi harbiy qism vakillari qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar qo‘mondonlik tomonidan medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting