Farg‘ona yoshlarida katta taassurot qoldirgan harbiy-vatanparvar festivali

0
1434

Fargʻona tumanining Vodil qishlogʻida joylashgan soʻlim oromgohda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan “Tinchlik, taraqqiyot farovonlik uchun” shiori ostida “Vatanparvarlik karvoni” festivali boʻlib oʻtdi.

Tadbirda okrug qoʻmondonligi, Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi, yoshlar va tuman aholisi ishtirok etdi. Tadbir avvalida ushbu festivaldan koʻzlangan maqsad, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarimizga qaratilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Festival doirasida harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanparvarlik ruhidagi va shoʻx kuy-qoʻshiqlar ijro etildi, koʻrgazmali qoʻl jangi hamda harbiy xizmatchilar tomonidan turli chiqishlar yoshlarda bir olam taassurot qoldirdi.

Shu kuni yoshlar ishtirokida kamondan oʻq uzish, arqon tortish kabi sport turlaridan qizgʻin jarayonlarga boy musobaqalar ham tashkil etildi.

Festival yakunida faol ishtirok etgan yoshlar munosib taqdirlandi. Mazkur harbiy-vatanparvarlik festivali yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashish bilan bir qatorda ulardagi vatanparvarlik hissini oshirishga xizmat qilgan boʻlsa ajab emas.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting