Nukusda jangovar tayyorgarlikni yanada yuksaltirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

0
1467

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi rahbarligida barcha toifadagi komandir va boshliqlar bilan jangovar tayyorgarlikni yanada yuksaltirish boʻyicha xizmat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda oʻtgan mavsumlarda jangovar tayyorgarlik yoʻnalishida erishilgan natijalarga havolanmasdan, boʻlinmalar bilan koʻproq mashq qilish, individual tayorgarlikka eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.

Boʻlinmalar bilan olib borilayotgan mashgʻulotlarning sifat darajasi bugungi kun talabiga javob bermasligi, har kim oʻz ustida yanada koʻproq ishlashi kerakligi, mashgʻulotlarga puxta hozirlik koʻrish zarurligi uqtirildi.

Shuningdek, bugungi kunda harbiy okrug hududidagi ikkita harbiy poligonda jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari bilan shugʻullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini inobatga olib, mavjud oʻquv bazadan samarali foydalanish, kunduzgi va tunggi mashgʻulotlarni sifatli tashkil etish boʻyicha mansabdorlarga koʻrsatmalar berildi.

Tanqidiy ruhda oʻtayotgan yigʻilish davomida jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmagani uchun ayrim mansabdorlar ogohlantirildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting