Farg‘onada davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurish marafoni o‘tkazildi

0
547

Bugun, 17-noyabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida aholi o‘rtasida sog‘lom turmushni keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida harbiy xizmatchilar, shahar hokimligi, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari, tibbiyot xodimlari va boshqa davlat idoralari xodimlari ishtirokida “18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Yurish marafoni “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida o‘tkazilib, ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.

800 nafardan ortiq kishi qatnashgan tadbirning katta qismini yoshlar tashkil etgani quvonarli, albatta.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati