Jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilgan yig‘in boshlandi

0
1006

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlarning vzvod komandirlari bilan komandirlik va jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini sifatli tashkillashtirish maqsadida 5 kunlik oʻquv-uslubiy yigʻin boshlandi.

Yig’in avvalida Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi tomonidan tegishli ko’rsatmalarni berib o’tilib, jangovar tayyorgarlik bo’yicha qo’shinlarda yangicha usul va uslublarni joriy etish bo’yicha joriy etish takliflari berildi.

Oʻquv-uslubiy yigʻinni oʻtkazishdan asosiy maqsad — yuqori qoʻmondonlik tomonidan tegishli koʻrsatmalar talablarini yetkazish, boʻysunuvdagi boʻlinmalarda komandirlik va jangovar tayyorgarlik sifatini oshirishdan iboratdir.

Yig‘in davomida vzvod komandirlarning jismoniy, razvedka, taktika, artilleriya olovini boshqarish va aviatsiyani jangovar qo‘llash, otish asoslari, muhandislik, aloqa hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgalik mashg‘ulotlaridan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting