Malaka oshirish kursini bitirgan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi

0
2224

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida  “Zamonaviy boshqaruv” va “Boshqaruv mahorati” mavzusidagi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh ofitserlarga sertifikatlar topshirildi.

10 kun davom etgan mazkur malaka oshirish kursi jami 72 soatni tashkil etib, unda harbiy xizmatchilarga zamonaviy boshqaruv sohasida marketingning oʻrni, PR-menejer hamda ularning boshqaruvchanlik sohalarida tutgan ahamiyati, ularning yoʻllari va vositalari haqidagi yangi bilim va tushunchalar berildi.

Mazkur oʻquvlar orqali barcha boʻgʻindagi komandir va boshliqlarning asosiy faoliyatini harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi, ularda komandirlik hislatlari hamda jangovar ruhini oshirishga qaratilgan.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting