Namanganda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
865

Namangan viloyati Pop tumani “Chodak” qishlogʻidagi oʻyingohda “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Namangan garnizonidagi harbiy qism, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari, tuman hokimligi va yoshlar ishtirok etdi. Ochilish marosimida soʻz olganlar ertamiz egalari uchun mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi.

Festival davomida harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, harbiy orkestr va sanʼatkorlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar hamda faxriy qorovul saf koʻrinishlari namoyish etildi. Ayniqsa, qurol-aslaha koʻrgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, yosh sportchilar uchun kamondan oʻq uzish, boks musobaqalari ham tashkil etildi. Yakunida faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting