Muhsin Xisomiddinov Parijda oʻtkazilgan turnirda birinchilikni qo‘lga kiritdi

0
1305

Har yili 24-iyulda Fransiya poytaxti Parij shahrida Katta kurash festivalini tashkillashtirish anʼanaga aylanib qoldi. Ushbu kunda muhabbat va orzular timsoliga aylangan Eyfel minorasi poyida nafaqat koʻhna qitʼa, balki butun dunyodan yigʻilgan kuchli sportchilar oʻzaro kuch sinashdilar.

20 ga yaqin mamlakatlar vakillari Xalqaro kurash uyushmasi taqvimidan joy olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etdilar.

Kutilganidek kurash musobaqalari murosasiz bahslarga boy boʻldi. Gilamga chiqish uchun nafaqat jahon chempionlari, balki boshqa sport turlarining taniqli vakillari, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari hamda qitʼa va jahonning sara sportchilari yigʻildilar.

Kurash boʻyicha toʻrt karra jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni va Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Muhsin Hisomiddinov oʻz hisobiga Parijdagi turnir gʻolibligini ham yozib qoʻydi.

Yarim final bahsida u kurash muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan serbiyalik Aleksandr Kalabichni magʻlub etdi. Oʻtgan yili u Germaniyaning Frankfurt shahrida Oʻzbekiston Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilgan xalqaro turnirda mutlaq vazn toifasida yengilmas sanalgan edi. Sportchi joriy yilning 30-iyunida Polshada oʻtkazilgan Yevropa ochiq chempionatida kumush medal sohibiga aylangandi.

Final bahsida Yevropa ochiq chempionati gʻolibi Viktor Resko ustidan gʻalaba qozongan Muhsin Hisomiddinov Toshkentga oltin medal va 3000 yevro miqdoridagi pul mukofoti bilan qaytdi. Ayollar oʻrtasidagi bahslar yanada qiziqarliroq kechdi.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting