Urush qatnashchisi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

0
639

Bugungi tinch-osoyishta hayotimiz zamirida qanchadan-qancha mard ota-bobolarimizning jasoratlari yotgani barchamizga ayon. Millionlab insonlarning boshiga balo keltirgan bu urushda yurtdoshlarimiz ham janggohlarda, ham front ortida jonbozlik koʻrsatib, qahramonlik namunalarini koʻrsatishgan. Ularning safi bugun kamayib borayotgan boʻlsa-da, qahramonligi hech qachon unutilmaydi. Ayni vaqtda hayotlarining esa turmush darajasi va salomatligi davlatimiz va xalqimizning doimiy eʼtiborida.

Tursunboy ota Musurmonqulovning ham ayni navqiron yigitlik chogʻida urush nafasi uni qoʻliga qurol olishga majbur qildi. Sadoqat, mardlik, jasorat singari hislar bilan yovga yuzma-yuz keldi. Urushning haqiqiy dahshatini boshidan kechirgan Tursunboy ota Musurmonqulov yurtga, oilasi bagʻriga qaytish baxtiga erishdi. Xalqimizning tinch-totuv yashashi uchun oʻz hissasini qoʻshgan otaxonning qilgan mehnatlari bugun munosib eʼtirof etilayapti.

Otaxonning salomatligi doimiy nazoratda. U Markaziy harbiy klinik gospitali poliknikasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Prezidentimiz, xalqimiz hamda harbiy xizmatchilarning, shifokorlarning eʼtiboridan mamnun boʻlgan otaxon barchaga oʻzining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Bugungi kun qadri haqida toʻlqinlanib gapirdi. Duoga qoʻl ochgan otaxon, avvalo yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukmronligi uchun shukronalar aytib, mamlakatimizga koʻz tegmasin, deya niyat qildi.

— Bizga koʻrsatilayotgan eʼtibordan juda ham mamnunmiz, — deydi Tursunboy ota Musurmonqulov. — Sogʻligimga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikdan oʻzimni hamisha tetik his etaman. Men uchun ajratilgan patronaj hamshira xonadonimizga tez-tez kelib, holimdan xabar oladi, oʻz oʻrnida tibbiy maslahatlar beradi. Bugun ham bu yerda shifokorlar tomonidan tekshiruvdan oʻtdim. Bu kabi gʻamxoʻrlik uchun davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting