Saxovat — xalqimizga xos fazilatdir

0
1439

Yurtimizda nogironligi boʻlgan insonlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, doimiy ravishda ular uchun xayriya va saxovat tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Bu borada nogironligi boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalar ham eʼtibordan chetda qolmayapti, ularga hukumatimiz va Mudofaa vazirligi tomonidan har tomonlama koʻmak koʻrsatilmoqda.

Xususan, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismda oʻz xizmat vazifasini oʻtab kelayotgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi kichik serjant Ozoda Poʻlatovaning farzandi 2-guruh nogironi hisoblanadi.

Shu sababdan ham oilaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda uning farzandiga kelajakda erkin harakatlanishi va ogʻirini yengil qilish uchun zamonaviy nogironlar aravachasi begʻaraz yordam sifatida topshirildi.

Mazkur uchrashuv naqadar samimiy va quvonchli kechganini bolajonning kulgisidan va kayfiyatidan bilish mumkin boʻldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting