Navoiyda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini ishtirokchilari kasbga yoʻnaltirilmoqda

0
802

Avval xabar berganimizdek, Markaziy harbiy okrug Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini boshlangan. Yigʻin davomida asosan yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayni vaqtda yigʻini ishtirokchilarining qiziqishlari inobatga olingan holda 4 guruhga boʻlinib, “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda kasb-hunarga oʻqitilyapti. Xususan, ular orasida sartaroshlikka qiziqqan yoshlar 25 nafardan oshdi hamda ularga malakali mutaxassislar ustozlik qilmoqda.

Bundan tashqari, butun dunyoda IT sohasi mutaxassislariga boʻlgan ehtiyoj inobatga olinib, yigʻin ishtirokchilari uchun guruh tashkil etilgan. Boshqa bir yoʻnalishda boʻlsa avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ham tajribali ustalar xizmati taʼminlangan.

 

Mazkur yoʻnalishlarda tahsil olayotgan yoshlar yaqin kelajakda oʻz sohasini yetuk mutaxassisi boʻlib, xususiy tadbirkorlikni boshlashlari mumkin boʻladi. Bunda harbiy qismda tashkil etilgan oʻquv yigʻini ular faoliyatida trampling boʻlib xizmat qilsa ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting