Moliya xizmati xodimlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi

0
1781

Andijon garnizonidagi harbiy qismda Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar moliya xizmati xodimlarining malakasini, koʻnikmalarini va kasbga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida oʻquv-uslubiy yigʻin o‘tkazildi.

Yigʻinning dastlabki kunida moliya xodimlariga maxsus tayyorgarlik boʻyicha tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarining tartibi haqida tushunchalar berildi. Moliya hujjatlarini nazorat qilish boʻyicha bir nechta darslarda ishtirokchilar koʻnikmalari oshirildi.

Oʻquv-uslubiy yigʻinning keyingi jarayonlarida yakka tartibdagi test mashgʻulotlari ham tashkil etilib, yig‘in ishtirokchilarining olgan bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, yigʻin ishtirokchilari savobli ishga ham qoʻl urib, Andijon shahridagi “Saxovat uyi”ga tashrif buyurdi. U yerda keksalar va nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar olinib, sovgʻalar ulashildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting