“Vatanparvarlik karvoni” Qashqadaryoga yetib keldi

0
1711

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi istirohat bogʻida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qamashi tuman hokimligi hamda Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman boʻlimi bilan hamkorlikda “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Vatanparvarlik karvoni” festivali oʻtkazildi.

Dastlab tumanning markaziy koʻchasi boʻylab tashkil etilgan harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokidagi harbiy saf yurishlari hudud aholisini bir joyga jamlagan boʻlsa, Qarshi garnizoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti harbiy orkestr jamoasining Catanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari ularga yuqori kayfiyat bahsh etdi.

Tadbir davomida “Vatanparvar” tashkilotining amaliy sport turlari koʻrgazmasi namoyish etildi. Qatnashchilar bilan “Yashil chiroq” viktorinasi, oʻq otish sport turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi, “Eng yaxshi bilimdon” va “Eng yaxshi mergan”larga tashkilotchilarning qimmatbaho va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, festival doirasida faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari hamda alp oʻgʻlonlarning qoʻl jangi sahna koʻrinishlari yigʻilganning hayratiga sabab boʻldi. Tumanning iqtidorli yoshlari tomonidan tayyorlangan goʻzal raqslar va sahna koʻrinishlari esa ishtirokchilarga yana bir bor koʻtarinkilik bagʻishladi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting