Yongʻin xavfsizligi boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar

0
810

Respublikamizda joriy yilning 10-iyulidan 10-avgustiga qadar yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilayotgan “Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida harbiy shaharchalar ham yongʻin xavfining oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali mashgʻulot tashkil etilmoqda.

Yong‘in — insonlarning hayoti ularning sog‘ligi, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhitga jiddiy zarar yetkazadigan nazorat qilib bo‘lmaydigan yonishga aytiladi.  

Tabiiyki, havo haroratining ko‘tarilib, kunlar isishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlida o‘tkazilayotgan tadbirlarda yongʻinni oʻchiruvchi maxsus texnikalar olib kelinib, yig‘ilganlarga barchasi amaliy jarayonlari orqali ko‘rsatib berilyapti. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga yongʻin xavfsizligiga rioya etish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar hamda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish boʻyicha ma’lumotlar berilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting