Samarqandda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi

0
1641

Bugungi kunda butun mamlakatimizda bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ko‘tarinki ruhda tashkil etib kelinmoqda. Ochiq muloqotga asoslangan shu kabi uchrashuvlarning navbatdagisi Markaziy harbiy orkug qo‘shinlari qo‘mondoniligi tomonidan Samarqand viloyatining olis hududlaridan biri bo‘lgan Paxtachi tumanida o‘tkazildi.

Paxtachi tumani hokimiligi hamrohligida samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan uchrashuv davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor, imtiyoz va imkoniyatlardan keng foydalanishi hamda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istaklarini yanada oshirishga qaratildi.

Dastlab, yoshlarga orkug qo‘shinlari qo‘mondoniligi tomonidan Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida berilgan ma’lumotlar, yoshlarning sharafli kasb egasi bo‘lish, Vatanga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish kabi hislarni uyg‘otgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Yoshlarning qiziqishlariga oid savol va murojaatlariga shu joyning o‘zida batafsil javob berildi, muammoli masalalar mas’ullar tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida Paxtachi tumanlaridagi iqtidorli yoshlarga okrug qo‘shinlar qomondonining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbut xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting