Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir

0
1431

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug katta majlislar zalida okrug qoʻmondonligi, Qarshi harbiy prokuraturasi, Qashqadaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi masʼullari rahbarligida harbiy xizmatchilar orasida jinoyatchilining oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida sohada erishilgan yutuqlar eʼtirof etilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida fikrlar muhokama qilindi. Soʻz olganlar harbiy xizmatichilarga oʻzganing mulkini talon-toroj qilish, korrupsiya, firibgarlik jinoyatlariga qoʻl urish, yoʻl-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlarni hayotiy misollar orqali tushuntirib berdi. Hech bir jinoyat esa jazosiz qolmasligi alohida taʼkidlandi.

Har qanday mamlakat taraqqiyotini ildizidan yemiruvchi eng zararli illatlardan biri shubhasiz korrupsiya. Unga qarshi kurashishda barcha bir musht boʻlib harakat qilsagina koʻzlangan maqsadga erishish mumkin. Tadbirda bu borada ham masʼullar qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida maʼlumot berdi.

Suhbatlar davomida qatnashchilar mavzuga doir oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirib, yana bir bor huquqiy bilimlarini mustahkamlab oldilar.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting