Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

0
1125

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Mudofaa vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni dorisida barcha shaxsiy tarkib ishtirokida “Korrupsiya – millat va illat kushandasidir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, iqtisodiyot faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Tadbir ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risida olingan hujjatli filim namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarni yana bir bor hushyorlikka chaqirib, Vatanga bo‘lgan eng oliy tuyg‘u — sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting