Havo desant tayyorgarligi mutaxassislarining navbatdagi amaliy mashgʻulotlari oʻtkazildi

0
1462

Amaliy mashgʻulotlar murakkab vaziyatlarda tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarni mustahkamlaydi. Shu sababdan mamlakatimiz Qurolli Kuchlar tizimida oʻquv-amaliy mashgʻulotlari reja asosida tez-tez o‘tkazib kelinadi.

Ana shunday mashgʻulotlarning navbatdagisi Havo desant tayyorgarligi mutaxassislarining amaliy sakrash mashqlari bo‘ldi. Dastlab dala oʻquv maydonida desantchilar mashq bajarishga atroflicha tayyorgarlik koʻrishdi. Soʻngra parashyut va boshqa zarur anjomlar bilan jihozlangan harbiy xizmatchilarning texnik holati tekshirildi. Mutaxassislar tomonidan soʻnggi koʻrsatmalar berilgach, ular oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.

Sakrash amaliyotini bajarganlar orasida ilk bora parashutdan ushbu mashqlarda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilardan tortib, ushbu amaliyotni bajarishda oʻz ishining haqiqiy ustasiga aylanganlar ham bo‘ldi.

Mashqlar davomida desantchilar nazariy bilimlarini amalda qoʻllash, tajribalarini yana bir karra oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Mashgʻulotlar yakunlanganidan soʻng mutaxasis yoʻriqchilar mazkur amaliy mashgʻulot boʻyicha oʻz xulosalari bildirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting