Harbiy xizmatchilar vatanparvarligini oshirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi

0
1282

Farg‘ona, Andijon va Namangan garnizonidagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatchilar bilan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov ochiq muloqot tarzida suhbatlar uyushtirdi.

Garnizonlarda xizmat olib borayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatchilarga suhbat davomida harbiylik kasbi mashaqqatli bo‘lsada, sharafli ekani, bugungi kunda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolariga yaratilayotgan sharoitlar qadriga yetish kerakligi haqida so‘r yuritildi. Muddatli harbiy xizmatchilarga esa oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga topshirish tartibi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, askarlar xizmat davomida o‘zlashtirayotgan fanlarga ham to‘xtalib, ushbu fanlar bo‘yicha tashkil etilayotgan har bir mashg‘ulotlar sifatiga katta ahamiyat qaratilishi zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari harbiy qismlardagi serjant va ofitserlar tarkibi bilan askarlarni haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalash bo‘yicha ko‘rsatma hamda takliflarini berdi.

Rahbarlar harbiy qismalardagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishib, mas’ul harbiy xizmatchilarga tegishli ko‘rsatmalarni berdilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting