Harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda

0
1846

Rejaga binoan harbiy xizmatchilarning kasbiy ko‘nikmalari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanib boriladi. Shu kabi mashg‘ulotlarning navbatdagisi “Forish” tog‘ poligonida tashkil etildi.

Mard va oriyatli yigit va’da berdimi, unda sodiq turadi. Bu yo‘lda har qanday qiyinchilik-u sinovlarni sabot bilan yengib o‘tadi. Ushbu o‘quv jarayonlarida ham o‘g‘lonlar barcha mashg‘ulotlarda faol qatnashib, mahoratlarini boyitmoqda.

Mashg‘ulotlar ketma-ketligi ham bir-biriga bog‘liq, mutanosib tarzda olib borilyapti. Bugungi jarayonlar davomida harbiy xizmatchilar shartli jang maydoniga zirhli jangovar texnikada kelib, turli pozitsiyalarni egallagan holda, amaliy otish mashg‘ulotini bajardi.

Ta’kidlash kerakki, yurt posbonlari mashg‘ulotlar davomida yangi ko‘nikmalarni malakali yo‘riqchilar tomonidan berilayotgan ko‘rsatmasa asosida o‘zlashtirmoqda, bunda hech bir kichik detal ham e’tibordan chetda qolmayapti.

Shuningdek, mashg‘ulotlar tunda, ko‘rish cheklangan vaqtlarda ham o‘tkazildi. Bunda harbiylarning jangovar xotirasi, ruhiy barqaror holati va turli sharoitlarda ham topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

Olimjon Sodirjonov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting