Harbiy qismda “Xotira burchagi” tashkil etildi

0
1207

Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda kichik serjant Ulugʻbek Barnoyevning xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira burchagi” tashkil etildi.

Ulugʻbek Barnoyev Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida 1978-yil 1-noyabrda tavallud topgan. Muddatli harbiy xizmatdan soʻng Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida shartnoma asosida maxsus operatsiya batalyonlarida xizmat qilgan.

U 2000-yil yozida Surxondaryo viloyatining togʻli hududlarida xalqaro terrorchi guruhlarga qarshi oʻtkazilgan jangovar harakatlarda faol ishtirok etib, olingan ogʻir jarohat tufayli halok boʻlgan.

Oʻzbekiston Prezidentining 2000-yil 25-avgustdagi farmonlari bilan Ulugʻbek “Jasorat” medali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yilligi hamda 15 yilligi munosabati bilan koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-avgustdagi qarori bilan qahramon yigitlarning nomlarini abadiylashtirish belgilangan. Shunga asosan Kattaqoʻrgʻon shahar hokimining 2001-yil 31-avgustdagi qarori bilan Ulugʻbek Barnoyev tugʻilib oʻsgan mahallaga uning nomi berilgan.

Bundan tashqari, qahramon oʻgʻlon tahsil olgan maktabning saf maydoni hamda 19-sonli Sanoat transport kasb-hunar texnika bilim yurtida muzey tashkil qilinib, buyusti oʻrnatilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting