Namanganda harbiy psixologlar ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi

0
1944

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda okrug va harbiy qismlar psixologlari hamda sotsiolog mutaxassislari ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi.

Dastavval ishtirokchilarga yigʻinning tartibi haqida tushuntirib oʻtildi. Nazariy mashgʻulot jarayonlarida harbiy jamoalardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning sifati va samaradorligini oshirish, psixologik maslahat va psixotreninglar oʻtkazishni yanada takomillashtirish yuzasidan oʻquv-uslubiy qatnashchilari oʻrtasida tajriba almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar kundalik ish faoliyati davomida harbiy psixolog va sotsiologlar tomonidan yuritiladigan ish hujjatlarini yagona tizimga keltirish haqida chuqur koʻnikmalarga ega boʻldi. Harbiy jamoalardagi oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, harbiy oilalarda uchrab turadigan muammolarning yechimi boʻyicha ham mashgʻutot davomida takliflar ishlab chiqildi.

Oʻquv-uslubiy yigʻinning navbatdagi jarayonlarida zamonaviy psixologik treninglar, psixokorreksiyalar tashkil etildi. Yakunda oʻtkazilgan oʻquv yig‘ini tahlil qilinib, qatnashchilar bilan suhbat olib borildi va kelgusi rejalar belgilab olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting