Qahramon o‘g‘lon nomini abadiylashtirish yo‘lida

0
1579

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida leytenant Boburjon G‘aniyev xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira burchagi” tashkil etildi.

Boburjon G‘aniyev 1977-yil 14-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent axborot texnologiya universitetining Maxsus fakultetini bitirgan.

U 2000-yil 4-avgust kuni Surxandaryo viloyati tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi kurashda qahramonlargacha halok bo‘lgan edi. Leytenant Boburjon G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-avgustdagi farmoniga asosan milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibibi mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofatlangan.

Hozirda, u tug‘ilib o‘sgan xonadon uy-muzeyga aylantirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting