Birinchi yarim yillik bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

0
2243

Mudofaa vazirligining Toshkent shahridagi harbiy qismlardan birida 2023-yil oʻtgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Videoselektor formatida oʻtgan yigʻilish davomida qoʻshinlar xizmati, jangovar tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda moddiy-texnik taʼminoti yoʻnalishdagi hisobotlar tinglandi.

Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilish avvalida soʻzga chiqqan barcha yoʻnalishlarning mutaxassis ofitserlari tomonidan bajarilgan ishlar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, qoʻshilma va harbiy qismlar komandirlari tomonidan hisobot davri davomida barcha yoʻnalishlarda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʻruza qilindi, muammoli masalalar yechimi yuzasidan shu joyning oʻzida tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish soʻnggida, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Jurʼat Yakubov tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish va qisqa muddatlar ichida bartaraf etish boʻyicha tegishli masʻullarga bir qator vazifalar belgilab berildi. Kelgusida, Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilayotgan barcha koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda ham yuqori marralarni zabt etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritish asosiy maqsad qilib belgilandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting