“Mustahkam oila — yurt tayanchi”

0
2330

Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Jamiyatning ustunlari boʻlgan ayollar sog‘lom fikrli, Vatanimiz taraqqiyoti uchun iqtidorli yoshlarni tarbiyalashdek masʼuliyatni his qilmoqlari zarur.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan tizmli ravishda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Samarqand viloyatining olis hududi hisoblangan Qoʻshrabod tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda “Mustahkam oila – yurt tayanchi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Mudofaa vazirligi va unga boʻysinuvchi qoʻmondonlikning xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha mutaxassislari hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Noodatiy va interfaol ravishda tashkil etilgan davra suhbatida oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqaror boʻlib turishda, farzand tarbiyasida onaning — ayolning oʻrni beqiyosligi haqida soʻz bordi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan davra suhbati davomida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻlaqonli javob olishdi va muammoli masalalar shu joyning oʻzida oʻz yechimini topdi.

Shundan soʻng harbiy shaharchada istiqomat qiluvchi uch nafar egizak farzandlarni dunyoga keltirgan harbiy xizmatchilar oilasi hamda turmush oʻrtoqlarida nogironligi mavjud boʻlgan oilalarning yashash sharoitlari oʻrganildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting