Termizda kuch tuzilmalari ishtirokida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi

0
1575

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug va Surxondaryo viloyatidagi kuch tuzilmalarga qarashli harbiy qism va muassasalarida arizalarni koʻrib chiqish tartibi va amaliyotda uchrayotgan muammolar boʻyicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish bo‘yicha oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbirda qo‘mondonlik mas’ullari, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari oʻrinbosarlari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Favquloddda vaziyatlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiylashgan hududiy boʻlinmalar mansabdor shaxslari ishtirok etdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilariga tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazilishda Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga qattiq rioya qilish boʻyicha hamda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish kabi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shundan soʻng Termiz garnizoni harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi hamda Surxondaryo viloyat Yoʻl patrul xizmati xodimlari tomonidan harbiy xizmatchilar ishtirokida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning xizmat hamda shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish malakasi va bilim darajasi yana bir bor tekshirilib, ular tomondan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarning oldini olish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting