“Yangi O‘zbekiston yoshlar forumi—2021” bo‘lib o‘tdi

0
480

Zangiota tumanidagi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarning birida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Aloqa harbiy qismi va Maxsus avariya tiklash boshqarmasi, tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman xalq ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston yoshlar forumi—2021” bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida tumandagi o‘quvchi yoshlar hamda harbiy qismlardagi yoshlar, kursantlar bilan 5 ta muhum tashabbus doirasida tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi hamda rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, forum davomida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchilari, kursantlar hamda harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan tumandagi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi kelishib olindi.

Forum doirasida o‘tkazilgan musobaqalarga faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mayor Sherqo‘zi Hakimov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti