Harbiy oilalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi

0
1129

Buxoro garnizonidagi harbiy qismda “Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida “Otam, onam va men sportchi oilamiz!” sport estafeta musobaqalarining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Buxoro va Qashqadaryodagi harbiy qismlardan saralangan 6 ta oila oʻzaro kuch sinashdi.

“Merganlik bahsi”, “Quvnoq skameyka”, “Toʻsiqlardan sakrab oʻtish”, “Arqon tortish”, “Savatga toʻp uloqtirish” hamda “Estafeta” kabi shartlar boʻyicha bilim va salohiyatlarini namoyon qilish uchun oilalarning har bir aʼzolari oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Bellashuvlarda qatnashchilarning har bir shart boʻyicha tezkor va ishonchli harakatlarini kuzatib, harbiy oilalarda hamjihatlik bilan bir vaqtda sogʻlom turmush tarzi ham mukammal rivojlanib borayotganini koʻrish mumkin.

Qiziqarli bahslarga boy boʻlgan uchrashuvni okrug mas’ullari, Buxoro viloyati hokimligi oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislaridan iborat hakamlar hayʼati aʼzolari shaffof tarzda baholab bordi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻringa Muborak garnizonidan tashrif buyurgan kichik serjant Ahrorjon Mamadaliyev oilasi loyiq topildi. Nishon tumanidagi harbiy qismdan kelgan mayor Sherzod Xoʻjanov oilasi 2-oʻrin va Buxoro garnizonida faoliyat olib borayotgan harbiy qism vakillari kichik serjant Rasulbek Yusupov oilasi esa faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindor oilalar okrug qoʻmondonligi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting