Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulot o‘tkazildi

0
1127

Respublikamizning barcha hududlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” eʼlon qilingan. Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda ham mazkur oylik doirasida bir qancha tadbirlar va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Xususan, yongʻinlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida joylashgan harbiy qismda ham yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha soha mutaxassislarini keng jalb qilgan holda koʻrgazmali mashgʻulot boʻlib oʻtdi.

Mashgʻulot davomida soʻzga chiqqanlar iqtisodiy tarmoqlar va ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek, aholi turar joylarida yongʻin xavsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirishda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini rolini oshirish kerakligi haqida maʼlumotlar berdi.

Shu bilan birga, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimining mutaxassislari tomonidan oʻt oʻchirish vositalarining turlari, qoʻllanish tartibi va oʻziga xos hususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir soʻnggida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻlaqonli javob oldilar.

Bu kabi oʻtkazilayotgan koʻrgazmali mashgʻulotlar harbiy xizmatchilarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashda hushyorlik va shaxsiy daxildorlik tuygʻularni yanada rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting