Samarqand va Jizzaxda harbiy ayollar uchun sayyor qabullar oʻtkazildi

0
2118

Markaziy harbiy okrugning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralardagi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislari tomonidan ayol harbiy xizmatchilar uchun ochiq muloqot oʻtkazildi.

Unda soʻzga chiqqanlar, ayol harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlarimizdagi oʻrni xususida toʻxtalib, ularning oilaviy sharoitini yanada yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.

Har bir muammo chuqur oʻrganilib, tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar imkon darajasida joyida hal qilinib, zarur hollarda huquqiy koʻmak berildi. Xususan, har bir murojaati bor ayollar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Qabulda harbiy ayollarni qiynab kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan savollar, ariza va takliflari toʻgʻridan toʻgʻri tinglandi.

Ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida mutasaddi rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ariza, taklif va shikoyatlari boʻyicha bevosita shugʻullangani odamlarni rozi qilishda oʻz samarasini berdi.

Sayyor qabul yakunlangach, harbiy ayollar uchun sayyor tibbiy koʻrik ham tashkil etilib, yetakchi mutaxassislar tomonidan salomatliklari koʻzdan kechirildi va kerakli tavsiyalar berildi.

Shunday tabirlardan biri Jizzax garnizonidagi harbiy qismda ham oʻtkazilib, unda viloyat hokimligi bilan hamkorlikda garnizondagi ayol harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting