Nukus garnizonida Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi

0
1215

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “2023-yilning 6 oyida qonuniylik, huquq-tartibot ahvoli, huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlar, huquq-tartibot hamda intizomni mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Kengash yigʻilishida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda harbiy qism komandirlari va muassasalar boshliqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiylashgan hududiy boʻlinmalar mansabdor shaxslari ishtirok etdi.

Tadbir davomida qoʻshinlarda harbiy intizom holati tahlil qilinib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar faxriylarining murojaatlarini oʻrganish hamda muammoli masalalarni hal etishda koʻmaklashish, jinoyatchilikning oldini olish, huquq-tartibotni mustahkamlash, harbiy xizmatni oʻtashda xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Qonun ustuvorligini taminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish kabi tadbirlarni shaxsiy tarkib orasida oʻtkazishning ahamiyati eslatib oʻtildi.

Kontrakt asosida xizmatga kelgan yosh harbiy xizmatchilarga koʻmaklashish, soha boʻyicha bilim va tajribalarni tez egallashi uchun ular bilan muntazam tushuntirish, tarbiyaviy ishlar hamda targʻibot tadbirlarini olib borish zarurligi taʼkidlandi.

Kun tartibida koʻrib chiqilgan mavzular hamda kelgusida boʻlinmalarda harbiy intizomni mustahkamlash borasida rejalashtirilgan tadbir boʻyicha mutasaddi komandirlarning maʼruzalari tinglandi.

Yigʻilish yakunida olti oylik hisobot maʼlumotlari hamda joriy yilning ikkinchi yarmi uchun rejalashtirilgan tadbirlar boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori qabul qilindi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting