“Oila — muqaddas qoʻrgʻon” 

0
2073

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, harbiy qismlarda xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida “Oila — muqaddas qoʻrgʻon”, “Mustahkam oilani shakllantirishda ota-onaning mas’uliyati” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Musulmonlar idorasi Surxondaryo viloyati bo‘limi, Termiz shahar adliya boʻlimi hamda viloyat SSB vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlar avvalida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, shuningdek, ularning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayollarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, oila mas’uliyati, juftliklarining bir-birini oʻzaro tushunib olishlarida yoshi katta ayollarning maʼnaviy koʻmagi zarurligi, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari barchaga oʻrnak boʻlishi lozimligi haqida gap bordi.

Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati tadbirkorlik markazi xodimlari tomonidan harbiy xizmatchilarning oilalarini bandligini taʼminlash maqsadida tumanlarda joylashgan “Monomarkazlar” faoliyati va ushbu oʻquv markazlarida ayollar uchun yaratilgan oʻquv kurslari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting